Qo'llanma ·
Posilkani Toshkentda olish: ombordan yoki kurer bilan
Posilka Toshkentga kelgach ikki yo'l bor: o'zingiz olib ketasiz yoki uyingizgacha yetkazamiz. Ikkalasi uchun nima kerak.

Reys Toshkent omborimizga tushirilgach, posilkalar saralanadi va har biringizga bot orqali xabar keladi. Shundan keyin posilkani qanday olishni o'zingiz tanlaysiz.
Avval: yetkazish haqini to'lang
Posilka Toshkentga kelganda uning hisob-fakturasi kabinetda chiqadi. Summa posilka og'irligi yoki hajmi va tanlangan transport bo'yicha hisoblanadi (qanday hisoblanishi haqida).
- Naqd pul bilan omborda, yoki
- o'tkazma bilan: chekni to'lov bo'limida yuborasiz, hisobchi tasdiqlagach summa balansingizga tushadi.
1-yo'l: ombordan olib ketish
- Holat "Olib ketishga tayyor" bo'lganini tekshiring.
- Omborga kelganda GC kodingizni yoki telefon raqamingizni ayting.
- Posilkani olishdan oldin qadoqni ko'zdan kechiring. Muammo bo'lsa, shu yerning o'zida xodimga ayting.
2-yo'l: kurer bilan uyga
- Yetkazish bo'limida "Yangi yetkazish" tugmasini bosing.
- Toshkentga kelgan posilkalardan keraklilarini tanlang. Bir nechtasini bitta yetkazishga qo'shish mumkin.
- Manzil va telefon raqamini kiriting. Yetkazish haqi shu yerning o'zida ko'rsatiladi.
- Kurer yo'lga chiqqanda holat "Kurerda" bo'ladi, topshirilgach esa "Topshirildi".
Bir nechta posilkangiz bo'lsa, ularni bitta yetkazishga yig'ing: kurer bir marta keladi va yetkazish haqi ham bitta bo'ladi.