Narxlar ·
Yetkazishni arzonlashtirish: qadoqlash bo'yicha 6 maslahat
Avia narxi ko'pincha qutining hajmiga qarab hisoblanadi. Bo'sh joy uchun to'lamaslik uchun sotuvchiga nima deyish kerak.

Avia orqali yuborishda narx real og'irlik va hajmiy og'irlikdan qaysi biri katta bo'lsa, shunga qarab olinadi. Hajmiy og'irlik qutining o'lchamidan hisoblanadi. Demak, yengil, lekin katta quti og'ir qutidek qimmat tushishi mumkin.
Formula va misollar narx qanday hisoblanadi maqolasida. Bu yerda esa amaliy maslahatlar.
1. Sotuvchidan ixcham qadoq so'rang
Chatda "请用小箱子包装" (kichik qutiga joylang) deb yozing. Ko'p sotuvchilar bo'sh joyni ko'pik bilan to'ldirib, keragidan katta quti ishlatadi.
2. Kiyim uchun quti emas, paket
Kiyim, to'qimachilik va yumshoq tovarlarni qutisiz, zich paketda yuborish ancha arzon.
3. Brend qutisi kerakmi?
Poyabzal yoki aksessuarning chiroyli qutisi sizga kerak bo'lmasa, sotuvchidan qutisiz yuborishni so'rang. Qutining o'zi hajmning yarmini egallashi mumkin.
4. Mayda xaridlarni bir sotuvchidan oling
Bir do'kondan olingan bir nechta tovar odatda bitta qutida keladi. Har biri alohida qutida kelsa, har bir qutining hajmi alohida hisoblanadi.
5. Og'ir va hajmli yuklar uchun avto yoki temir yo'l
Shoshilinch bo'lmasa, katta yuklar uchun avto yoki temir yo'l arzonroq. Qaysi transportni tanlash maqolasida taqqoslangan.
6. Oldindan hisoblang
Kalkulyatorga og'irlik bilan birga o'lchamlarni ham kiriting: hajmiy og'irlik qancha chiqishini darhol ko'rasiz.