Qoidalar ·
Qanday tovarlarni yuborib bo'lmaydi va qaysilari alohida tarifda
Buyurtma berishdan oldin tekshiring: ba'zi tovarlar umuman qabul qilinmaydi, ba'zilari esa batareyali, suyuq yoki brend sifatida alohida hisoblanadi.

Posilka omborimizga kelganda tekshiriladi. Taqiqlangan tovar bo'lsa, u reysga yuklanmaydi. Shuning uchun buyurtma berishdan oldin shu ro'yxatni ko'rib chiqing.
Qabul qilinmaydi
- Qurol, o'q-dori va ularning qismlari
- Portlovchi, tez yonuvchi va zaharli moddalar
- Giyohvand va psixotrop moddalar
- Tirik hayvon va o'simliklar
- Pul, qimmatbaho metall va toshlar
- O'zbekistonga olib kirish qonun bilan taqiqlangan boshqa tovarlar
Alohida tarif bilan yuboriladi
- Batareyali tovarlar: powerbank, telefon, noutbuk, elektr samokat va boshqalar.
- Suyuqliklar: kosmetika, parfyumeriya, yog'lar va boshqalar.
- Brend tovarlar: mashhur brend nomi va logotipi bor tovarlar.
Bunday tovarlar boshqa toifada tashiladi, shuning uchun narxi oddiy yukdan farq qiladi.
Tovar qaysi toifaga kirishini bilmasangiz, buyurtma berishdan oldin kabinetdagi yordam bo'limi orqali operatorga yozing.
Bojxona haqida
Katta hajmdagi yoki tijorat maqsadidagi yuklar uchun qo'shimcha hujjatlar kerak bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda menejerimiz siz bilan oldindan bog'lanadi.