Qo'llanma ·

Sotuvchiga yozish uchun tayyor xitoycha iboralar

Xitoy tilini bilmasangiz ham bo'ladi: eng ko'p kerak bo'ladigan savollarni nusxalab sotuvchiga yuboring.

Sotuvchiga yozish uchun tayyor xitoycha iboralar

Xitoylik sotuvchilar odatda faqat xitoycha yozadi. Tarjimon ilova yordam beradi, lekin oddiy va aniq iboralar bilan yozsangiz, javob tezroq va to'g'riroq keladi. Quyidagi iboralarni nusxalab, chatga qo'yishingiz mumkin.

Mavjudlik va o'lcham

  • 有现货吗? - Tovar omborda bormi?
  • 这个颜色还有吗? - Bu rang hali bormi?
  • 请问我身高170cm,体重65kg,穿什么尺码? - Bo'yim 170 sm, vaznim 65 kg, qaysi o'lcham to'g'ri keladi?
  • 可以发实物图吗? - Tovarning haqiqiy rasmini yubora olasizmi?

Jo'natish

  • 几天能发货? - Necha kunda jo'natasiz?
  • 请用快递发货,不要物流 - Oddiy kuryer bilan yuboring, yuk tashish kompaniyasi bilan emas.
  • 请帮我包装好一点,谢谢 - Iltimos, yaxshiroq qadoqlang, rahmat.
  • 请用小箱子包装 - Kichik qutiga joylang.
  • 发货后请给我快递单号 - Jo'natgach trek raqamni yuboring.

Narx

  • 可以便宜一点吗? - Biroz arzonroq bo'ladimi?
  • 买多件有优惠吗? - Bir nechta olsam chegirma bormi?

Muammo bo'lsa

  • 收到的商品有问题 - Kelgan tovarda muammo bor.
  • 可以退换吗? - Qaytarish yoki almashtirish mumkinmi?

Manzil ichidagi GC kodni hech qachon o'chirmang va sotuvchidan uni olib tashlashni so'ramang: shu kod orqali posilka sizga biriktiriladi.

Sotuvchi bilan ishlash bo'yicha boshqa maslahatlar shu maqolada.